Biz kim, Mulki Turon!9-aprel – Buyuk, sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan 2025-yil 8-aprel kuni “O‘zbekkosmos” agentligi va uning muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Seminar shaklida tashkil etilgan ma’naviy tadbir davra suhbatiga aylanib ketti. Bunda xodimlar tomonidan Amir Temurning davlat boshqaruviga oid tarixiy faktlar va qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga ulashdilar.

Shuningdek, “Yashil hudud” hamda “Jamoamiz bog‘ini yaratamiz” shiorlari ostida “O‘zbekkosmos” agentligiga biriktirilgan, Parkent tumanida joylashgan “Nevich” obyektining hududi va maydonlarni obodonlashtirib, yangi daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.



Mazkur obodonlashtirish tadbirlari Aprel oyi yakuniga qadar davom etadi.