- Asosiy
- Ikki buyuk siymo: ma’naviyatimiz sarchashmalari!
Ikki buyuk siymo: ma’naviyatimiz sarchashmalari!Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolarining ijodini targ‘ib qilish.
“O‘zbekkosmos” agentligi va uning muassisligidagi “Komik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ xodimlari ishtirokida 2025-yil 12-13 fevral kunlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlab “Siz Navoiyni bilasizmi?” va “Siz Boburni bilasizmi?” rukni ostida viktorina va chellenj tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida xodimlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolari to‘g‘risidagi o‘zlarining bilimlarini o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ushbu tarixiy shaxslarning ijodiyotini targ‘ib qilish jarayonlari olib borildi.


Tadbir juda qiziqarli va maroqli bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risidagi tayyorlangan qisqacha videolavha “O‘zbekkosmos” agentligining telegram kanaliga (https://t.me/uzbekkosmos_uz) joylashtirildi.
