Assalom Navro‘z!Navro‘z bayrami - milliy an’ana va urf-odatlarimiz oynasi!
21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan “O‘zbekkosmos” agentligi va uning muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” xodimlari tomonidan milliy an’ana va urf-odatlarimizni qadrlash maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, “#Milliy_libos_challange”, “#Mehmondo‘stlik_merosimiz” chellenjlarini tashkil etilib, xodimlar tomonidan olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarlardagi shaxsiy sahifalarida ulashilmoqda.

Shuningdek, “Yashil hudud” hamda “Jamoamiz bog‘ini yaratamiz” shiorlari ostida xodimlar dam olish kunlarida o‘zlariga yaqin hududlar va “O‘zbekkosmos” agentligiga biriktirilgan maydonlarni obodonlashtirib, yangi daraxt ko‘chatlarini o‘tkazib kelmoqdalar.



Tadbirlar davom etadi...