Kasbiy tayyorgarlik va kasbiy mahoratni rivojlantirish mehnat resurslarini shakllantirishni tartibga solishning muhim mexanizmi hisoblanadi

Sana: 27.04.2021

Joriy yilning 27-aprel kuni videokonferentsiya shaklida "O'zbekkosmos" agentligi va Padua universiteti vakillari o'rtasida - mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Italiyadagi davlat oliy o'quv yurti - Padua universiteti ko'magida O'zbekiston Respublikasining kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar o'zaro Anglashuv memorandumini imzolash to'g'risida kelishuvga erishdilar, ushbu memorandum doirasida O'zbekistonda Padua Universitetining filialini yoki O'zbekiston Respublikasi universitetlari bilan qo'shma fakultet yaratish imkoniyatlarini ko'rib chiqish rejalashtirilmoqda.