Britaniyaning Altitude Angel kompaniyasi va "O'zbekkosmos" agentligi mutaxassislari o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 19.05.2021

2021 yil 19-may kuni Altitude Angel kompaniyasi vakillari bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi. Altitude Angel kompaniyasi 2014 yil dekabr oyida Richard Parker tomonidan tashkil etilgan bo'lib, global aviatsiya hududida to'liq avtonom dronlarni xavfsiz integratsiyalash va ulardan foydalanish bo'yicha global echimlarni yaratadigan aviatsiya texnologiyalari kompaniyasidir.

Uchrashuv davomida uchuvchisiz uchish apparatlaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ularni O'zbekiston Respublikasi fazoviy hududda boshqarish borasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Guardian UTM muammolari va imkoniyatlari, ekotizimni rivojlantirish va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish rejasini ishlab chiqishning biznes modeli masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv chog'ida Altitude Angel kompaniyasi Guardian UTM tizimining imkoniyatlarini, keyinchalik uning O'zbekistondagi integratsiyasi va ushbu tizim UUQlarning havo harakatini tartibga solishda xavfsizlikni ta'minlashga qodirligi haqida taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunida Altitude Angel kompaniyasi va "O'zbekkosmos" agentligi kelgusida hamkorlik qilish va ishlarni olib borish maqsadida zarur materiallar bilan ta'minlash to'g'risida kelishib oldilar.