O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbolli yo'nalishlari o'rganilmoqda

Sana: 27.05.2021

Joriy yilning 27 may kuni "O'zbekkosmos" agentligi bosh direktori v. b. Shuxrat Kadirov Qozog'iston Respublikasining "Respublika kosmik aloqa markazi" boshqaruvi raisi Malik Juyriktaev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kosmik faoliyat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.