Kosmik fanga oid birinchi xalkaro simpozium bo‘lib o‘tdi

Sana: 10.06.2021

2021 yil 10-iyun kuni "O'zbekkosmos" agentligining bosh direktori v.b. Shuxrat Kadirov Islom olami fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (ICESCO) tomonidan tashkil etilgan Kosmik fanga oid Birinchi Xalqaro Simpoziumda ishtirok etdi.

Simpoziumni o’tkazishdan maqsad - kosmik texnologiyalar, kosmik ekotizim muammolari va imkoniyatlari, kosmik tadqiqotlar bo'yicha tajriba almashishdir.

Tadbir chog‘ida rivojlanayotgan mamlakatlarda kosmos sohasi va akademik doiralar o‘rtasida strategik aloqalarning ahamiyati, kosmik ekotizim to‘g‘risida xabardorlik – kosmik texnologiyalarning insoniyat uchun ahamiyati kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. Anjumanda ICESCO bosh direktori Al-Malik, Kosmik fondni bosh ijrochi direktori E.Tomas, Ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha davlat vaziri, BAA kosmik agentligi raisi Yusif Al-Amiri kirish so‘zi bilan ishtirok etdilar.