Sana: 17.06.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Кosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining bosh direktori v.b. Shuhrat Munavvarovich Toshkentdagi Inha Universiteti rektori v.b. Muzaffar Muxitdinovich bilan uchrashdi. Uchrashuvda “O‘zbekkosmos” agentligi va Toshkentdagi Inha Universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi va Toshkentdagi Inha Universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda faoliyatni amalga oshirishni belgilab beradi.