Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mutaxassislari Belarus tajribasini o‘rganmoqda

Sana: 01.10.2021

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi vakillari Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va javob berish markazida favqulodda vaziyatlarda kosmik texnologiyalardan amaliy foydalanish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rganmoqda.
Mazkur tashrif davomida favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va bartaraf etishda kosmik masofaviy zondlash tizimining axborotlaridan foydalanish bo’yicha amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib boriladi.
 

Matubot xizmati