Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Sana: 11.10.2021

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Oʻzbekkosmos” agentligi mutaxassislari talabalarni agentlikning faoliyati, asosiy yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda kelajakdagi rejalari bilan tanishtirib oʻtishdi.

 
   

 

Shuningdek, agentlik mutaxassislari tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq etishning dolzarbligi, yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shundan soʻng, agentlik mutaxassislari va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Uchrashuv yakunida “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) bilan hamkorlikda 2022/2023 oʻquv yili uchun “Science Master Program” magistratura dasturi doirasida “Aerokosmik tizimlar muhandisligi” yoʻnalishi boʻyicha toʻliq qoplanadigan grant asosida Koreyada taʼlim olish uchun tanlov eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi hamda qiziqish bildirgan talabalardan faol ishtirok etish soʻraldi.

Matbuot xizmati