Quyosh bilan boshqa yulduzlarning o'lchamlarini taqqoslash

Sana: 28.10.2021

VV Sefeya – Yerdan 5000 yorug'lik yili masofada joylashgan bu yulduz Somon yo'li galaktikasidagi uchinchi yirik yulduz. Uning radiusi taxminan 1050-1900 quyosh radiusiga teng.

 

V354 Sefeya – Somon yo’lida joylashgan yulduz bo’lib, Yerdan 9000 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning radiusi ≈ 1,06 mlrd. km— bu Quyosh radiusidan taxminan 1520 marta ko'p.

 

KW Strelsa — bu Quyoshdan taxminan 10 000 yorug'lik yili masofada joylashgan Strelsa yulduz turkumida joylashgan qizil supergiant. Yulduz radiusi Quyoshdan 1460 martaga katta.

 

Pistolet – bizning galaktikamizdagi eng yorqin yulduzlardan biridir. Mazkur yulduz 20 soniya ichida Quyosh bir yil davomida chiqaradigan yorug'lik chiqaradi. Yulduz galaktik markaz yaqinida joylashgan, shuning uchun ungacha bo’lgan masofa 25 000 yorug'lik yilini tashkil etadi.

 

Antares – qizil supergigant va Quyoshdan 600 yorug'lik yili masofasida bo’lgan Chayon yulduz turkumidagi eng yorqin yulduzdir. Uning diametri Quyoshdan 400 marta katta.

 

Betelgeyse — Orion yulduz turkumidagi yorqin yulduz. Yulduzgacha bo’lgan masofa 613-880 yorug'lik yilini tashkil etadi.

 

Aldebaran — eng yorug’ yulduzlardan biri. Aldebaran Yerdan ≈ 65,1 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. Yulduz radiusi Quyosh diametridan 38 barobar katta.

 

Rigel Quyoshdan taxminan 860 yorug'lik yili uzoqligida joylashgan. Ushbu yulduzning yorqinligi quyoshdan taxminan 130 000 marta yuqori bo'lib, u Galaktikadagi eng kuchli yulduzlardan biri hisoblanadi.

 

Akrtur – Bootes yulduzlar turkumida joylashgan bo’lib, Yerdan 36,7 yorug'lik yili uzoqligda joylashgan. Ushbu yulduzning radiusi Quyosh radiusining ≈25,7 ga teng.

 

Pollux – Quyoshdan taxminan 34 yorug'lik yili masofada joylashgan, Egizaklar yulduz turkumidagi eng yorqin yulduzdir. Bu yulduz Quyoshdan deyarli to'qqiz barobar katta.

 

Sirius A va B — Quyoshga eng yaqin yulduzlardan biri, ulargacha bo’lgan masofa 8,6 yorug'lik yili. Sirius A radiusi 1 190 000 kilometr (Quyoshning ekvatorial radiusi — 696 392 kilometr).

 

Matbuot xizmati