Yer aholisi Oyning qisman tutilishi va “yulduzlar yomgʻiri”ni koʻrishi maʼlum qilindi

Sana: 29.10.2021

Yer aholisi noyabr oyida Oyning qisman tutilishi va “yulduzlar yomgʻiri”ni koʻrishi maʼlum qilindi. Bu haqda Moskva planetariysi matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, qisman Oy tutilishi 19-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:04 da sodir boʻladi va 3 soat 28 daqiqa davom etadi.

Taʼkidlanishicha, aholi 17-noyabrdan 18-noyabrga oʻtar kechasi har yili 6-noyabrdan 30-noyabrga qadar kuzatiladigan Leonid meteorit yomgʻirining maksimal faolligini koʻradi. Ularni bulutsiz osmon va Oy yorugʻi tushmagan holda koʻrish mumkin boʻladi. Qayd etilishicha, Yerga soatiga 15 tagacha meteorit tushishi mumkin.

Matbuot xizmati