Sana: 11.11.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik texnologiyalar sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Xususan, agentlik BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) Hukumatlararo maslahat qoʻmitasining Barqaror rivojlanish uchun kosmik texnologiyalarni qoʻllash mintaqaviy dasturi(ICC RESAP) tarkibiga 35-a’zo tashkilot sifatida kirdi.
ICC RESAP dasturiningning asosiy maqsadi ESKATOning mintaqada barqaror rivojlanishga erishish uchun kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha siyosiy va texnik tavsiyalar berishdir.
ICC RESAP o'z faoliyatini 2018–2030- yillarda barqaror rivojlanish uchun kosmik texnologiyalardan foydalanish bo'yicha Osiyo-tinch okeani harakatlar rejasiga muvofiq amalga oshiradi, uning ustuvor yo‘nalishlari – tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularga qarshi choralar ko'rish, tabiiy resurslarni boshqarish, 2030- yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun kosmik texnologiyalarni qo'llash, ijtimoiy rivojlanish, geoinformatsion texnologiyalarni qo'llash, qayta tiklanadigan energetika salohiyatini aniqlashda geoinformatsion ma'lumotlardan foydalanish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularga qarshi choralar ko'rish uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqlim o'zgarishi bilan bog'liq jarayonlarni oldini olish uchun geoaxborot ma'lumotlaridan foydalanish hisoblanadi.
Mazkur ICC RESAP dasturida ishtirok etish – qo'shma tadqiqotlar o'tkazish va tajriba almashish, texnik qo'llab-quvvatlash dasturlarida qatnashish, hukumatlararo muhokamalarda ishtirok etish va iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalarni qo'llashning mintaqaviy amaliyoti bilan tanishish imkonini beradi.
Matbuot xizmati