Kosmik sohadagi yo'nalishlar bo'yicha magistraturaga kvotalar ajratish masalasi ishlab chiqilmoqda

Sana: 12.11.2021

“O'zbekkosmos” agentligi kosmik sohada kadrlarni tayyorlash bo’yicha Moskva aviatsiya instituti (Milliy tadqiqot universiteti) hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishlari bo'yicha Federal agentlik, chet elda yashayotgan vatandoshlarimiz va Xalqaro gumanitar hamkorlik (“Россотрудничество”) ko'magida O'zbekistonlik abituriyentlar uchun kosmik sohadagi yo'nalishlar bo'yicha magistraturaga kvotalar ajratish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Abituriyentlarni tanlash mamlakatimizning 4 ta universitetlarida o'tkazildi:

1. Turin politexnika universiteti;

2. Toshkent davlat transport universiteti;

3. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

4. Yodju Texnika instituti.

Tanlov 26- oktabrdan 8- noyabrgacha davom etdi. Arizachilar soni 78 kishi bo'lib, ulardan 15tasi tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

2021- yil 9- noyabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi vakili Muxamedov Javohir, Moskva aviatsiya instituti (MAI) vakili Tatyana Yegay va “Россотрудничества” vakili Tatyana Kolokolovalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tatyana Yegay bo‘lajak magistrantlarni MAIning tuzilmasi va yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Tatyana Kolokolova MAIga kvota bo'yicha qabul qilish imkoniyatlari va hujjatlarni taqdim etish haqida batafsil ma'lumot berdi. Javohir Muxamedov Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan kelgusida ishga joylashish va hamkorlik qilish bilan bog'liq keng imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida ma’ruza qildi.

Matbuot xizmati