• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
NASA va SpaceX yerni asteroidlardan himoya qilish tizimini sinovdan o'tkazish uchun birinchi kosmik qurilmani ishga tushirdi

Sana: 25.11.2021

Ilon Maskning kompaniyasi SpaceX tomonidan Falcon 9 raketasi 23- noyabr kuni Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuchlari bazasidan uchirildi.

Raketa parvozidan maqsad – asteroid bilan to'qnashishdir. Bu yerni samoviy jismlardan himoya qilish tizimining tarixda birinchi marta o’tkazilayotgan sinov jarayonidir.

Sinov natijasida NASA bunday to'qnashuv asteroidning traektoriyasini qanchalik o'zgartirishini o’rganmoqchi. Missiya DART (Double Asteroid Redirection Test – ikki asteroidning orbitasini o'zgartirish bo'yicha tajriba) deb nom oldi.

Matbuot xizmati