Kosmik soha ekspertlari bilan uchrashuvga taklif etamiz

Sana: 26.11.2021

Sizni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2021- yil 1- dekabr kuni soat 14:00da poytaxtimizdagi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etiladigan “Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha” nomli xorijiy kosmik soha ekspertlari bilan uchrashuvga taklif etamiz.

Uchrashuv mehmonlari – Anastasiya Stepanova hamda Vitaliy Yegorov.

(Ma’lumot uchun: Anastasiya Stepanova – “Mars-160” va “SIRIUS-19” xalqaro kosmik loyihalari ekipaji a’zosi, “Quruq immersiya” eksperimentida birinchi ayol sinovchi, Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti muhandisi.

Vitaliy Yegorov – kosmonavtikani ommalashtiruvchi bloger (Zelenyikot), mashhur ilmiy yozuvchi, “Ochiq kosmos” (Открытый космос) hamjamiyati asoschisi, “Fidelity to Science Award 2019” mukofoti sovrindori, “Orbital Express” xususiy kompaniyasi asoschilaridan biri va aloqa direktori, Rossiyaning bir qator xususiy kosmik kompaniyalari matbuot xizmati sobiq xodimi.)

 

Manzil: 17 Kichik halqa yo'li, Turin politexnika universiteti

 → Ro’yxatdan o’tish ←

 

Matbuot xizmati

Telefon:(+998 55 502-50-22)

Email: info@uzspace.uz

Rasmiy sayt: uzspace.uz