Blue Origin birinchi marta oltita sayyohni suborbital parvozga jo'natdi

Sana: 12.12.2021

New Shepard fazo kemasi birinchi marta bortida olti sayyoh bilan atmosferadan tashqariga chiqdi. Bu haqida Jeff Bezosga tegishli bo'lgan, kosmosga sayohat reyslari bilan shug'ullanadigan "Blue Origin" kompaniyasi ma’lumot berdi.

11- dekabr kuni bo'lib o'tgan mazkur parvoz "New Shepard" fazo kemasining uchun uchinchi parvozidir. Fazo kemasi birinchi marta bortida oltita turist bilan parvoz qildi – bundan oldin ekipaj to'rt kishidan oshmagan.

Fazo kemasi chiptalarni sotib olgan to'rtta sayyoh: tadbirkorlar Lane Bess,Evan Dik, Dylan Teylor va Kemeron Bess. Shuningdek, ikkita faxriy mehmon - birinchi amerikalik astronavtning qizi Laura Shepard Churchli va "Good Morning America" shousi boshlovchisi Maykl Strangdan iborat.

Fazo kemasi atmosferaning tashqarisiga chiqib100 kmdan ortiq balandlikka ko'tarildi. Parvoz taxminan o'n daqiqa davom etdi. Keyingi parvoz 2022- yilda rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati