Insonning tanasining mushak hujayralari qarish sirlarini o'rganish uchun kosmosga yuboriladi

Sana: 20.12.2021

Olimlar tananing keksayish jarayonlarini o'rganish uchun mushaklarni kosmosga olib chiqishadi.

Olimlar kosmosga yuborilgan mushaklar o'rganilgandan so'ng tananing keksayish sirini oshkor qilmoqchi. Bu haqda "Sky News" nashri xabar bermoqda.

Liverpul universiteti mutaxassislari vaznsizlikning inson tanasiga ta'sirini tahlil qilish uchun kosmosga inson mushaklarining qismlarini yubormoqchi. Guruch donasi kattaligidagi mushak hujayralari 3D printerda chop etilgan maxsus idishlarda jo’natiladi. Xalqaro kosmik stantsiyasiga Floridadagi Kennedi kosmik markazidan yuk jo'natish seshanba, 21 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Tajriba namunasi 2022- yilning yanvariga qadar yer orbitasida bo'ladi. Bu vaqt davomida to'qimalarning qisqarishini ta’minlash uchun mushaklarga qisqa tok yuboriladi. Olimlar, kosmosda inson tanasi mushaklarining zaiflashishi natijasida qarish jarayoni sekinlashadi deb hisoblashmoqda. Tadqiqotda mutaxassislarga inson to'qimasining shunga o'xshash laboratoriya namunasi yordam beradi.

Tadqiqot qarishning oldini olish va bu jarayonni qanday sekinlashtirishi mumkinligiga oydinlik kiritishi mumkin.

Eksperiment uchun uskunalar Oxfordshirning Kayser Space kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Uskunalar namunalarning xavfsizligini taʼminlaydi, harorat va bosimning oʻzgarishiga qarshi himoya qiladi.  Tadqiqot buyuk Britaniya kosmik agentligi (UKSA) tomonidan 12 million funt miqdorida moliyalashtirildi.

Matbuot xizmati