O‘zbekkosmos agentligi vakilarining Ozarbayjon kosmik agentligiga tashrifi bo‘lib o‘tdi

Sana: 28.12.2021

Joriy yilning 21- dekabr kuni “O'zbekkosmos” agentligi vakillari Ozarbayjon kosmik agentligining Sunʼiy yo‘ldoshni yerdan boshqarish bosh markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida markazning faoliyati bilan yaqindan tanishildi, shu jumladan, sunʼiy yo‘ldoshlarning boshqaruv tizimi, yerusti kosmik infratuzilmasi, kosmik apparatlardan qabul qilingan maʼlumotlarni qayta ishlash xizmati faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston hamda Ozarbayjon kosmik soha vakillari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi, jumladan, 2022- yilda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida kosmik texnologiyalarni qo'llagan holda birgalikda sinov loyihasini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini o‘rganish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv do’stona iliq ruhda o’tdi.

Matbuot xizmati