O‘zbekkosmos agentligi vakillarining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida “R.I.S.K.” kompaniyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sana: 28.12.2021

Uchrashuv doirasida O'zbekkosmos agentligi Bosh direktori Shuhrat Kadirov agentligining tashkil etilishi, asosiy yo’nalishlari, joriy faoliyati hamda kelajakdagi rejalari haqida “R.I.S.K.” kompaniyasi  vakillariga ma'lumot berib o'tdi. O'z navbatida, “R.I.S.K.” kompaniyasining Bosh menedjeri Jabir Jumshudov kompaniyaning geoaxborot tizimlarini ishlab chiqish yo‘nalishidagi amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha tajribasi bilan tanishtirib o'tdi.

 Jumladan, geoaxborot tizimlarini ishlab chiqishda kadastr qatlamlarining yagona platformada jamlanishi, maʼlumotlar yig’ishda standartlashtirish va bir xil shaklga keltirish (unifikatsiya) o‘rni, geoaxborot texnologiyalar ekotizimini rivojlantirish kabi masalalarga alohida urg‘u berib o‘tildi.

Shu bilan birga, “R.I.S.K.” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda dolzarb yo‘nalishlar: ekologiya, suv resurslaridan samarali foydalanish, strategik inshootlar xavfsizligi, yerlarning cho‘llanishi va degradatsiyasining oldini olish kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda qilishga kelishib olindi.

Matbuot xizmati