Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi

Sana: 29.12.2021

2021- yil 28- dekabr kuni Oʻzbekkosmos agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida kosmik va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekkosmos agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻrtasida turli xil favqulodda vaziyatlarda aholi va mamlakatimiz xavsizligini taʼminlash maqsadida aloqalarni mustahkamlash borasida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi hamda uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.