Rossiyada kosmik quyosh elektr stantsiyasining loyihasi ishlab chiqildi

Sana: 06.01.2022

Muqobil energiya manbalarini izlash maqsadida Rossiyalik olimlari kosmosdan quyosh energiyasining deyarli bitmas-tuganmas zaxiralari bilan ta'minlanishi mumkin bo'lgan elektr stantsiyasini ishlab chiqdilar. Quyosh kosmik elektr stantsiyasining loyihasi (QKES) sayyoramizning chekka hududlari: orollar, tog'li va shimoliy hududlarini elektr bilan ta'minlashga yordam beradi.

Mazkur loyiha haqida "Roskosmos" davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Rossiya kosmik tizimlari" xoldingi ma’lumot bermoqda.

"Sayyoramiz atmosferasida Quyoshdan kelayotgan nurlar tarqalib ketadi va o’zining energiya samaradorligini deyarli butunlay yo'qotadi. Ochiq fazoda esa quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi o'n barobarga ko'proqdir. Mazkur loyiha orqali Quyosh nurlarini lazer nuriga aylantirish va minimal energiya yo’qotishlari evaziga Yerga to’g’ridan-to’g’ri uzatish ko’zda tutilgan. Ya'ni, insoniyat qayta tiklanadigan manbadan – Quyoshdan kosmosda cheksiz miqdorda energiya olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Mazkur loyiha – termoyadroviy energiyaga ajoyib muqobildir",-deydi RKT istiqbolli uskunalarini ishlab chiqish bo'limi muhandis-tadqiqotchisi Mariya Barkova.

Matbuot xizmati