Pokistonning Kosmos va atmosferaning yuqori qatlamini o‘rganish komissiyasi (SUPARCO) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 18.02.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Pokistonning Kosmos va atmosferaning yuqori qatlamini o‘rganish komissiyasi (SUPARCO) oʻrtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad tomonlarning o‘zaro tanishuvi va kosmik faoliyat sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etish bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z faoliyatlari  bo‘yicha taqdimotlar qildilar, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan almashdilar.

Muloqot yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikda pilot loyihalarni amalga oshirish hamda kosmik faoliyat sohasini yanada rivojlantirish maqsadida mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish boʻyicha harakatlar rejasini tuzishga kelishdilar.

Axborot xizmati