Jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

Sana: 09.03.2022

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 28-mart kuni soat 15:00da Milliy matbuot markazida ““O‘zbekkosmos” agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lish hamda Agentlik faoliyatiga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

 
“O‘zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati