Astronomlar yangi yulduzlarning paydo bo'lishiga nima to'sqinlik qilayotganini aniqlashdi

Sana: 24.03.2022

Astronomlar orasida so'nggi 20 yil davomida olib borgan bahs-munozalarga kompyuter modullashtirish orqali javob topildi. Ushbu usul orqali bir nechta gallaktikalarda yangi yulduzlar paydo bo’lish jaryoniga supermassiv qora tuynuklar sabab bo’layotganligi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida chop etildi, bu haqida Phys.org qisqacha ma’lumot beradi. Astronomlar guruhi galaktikalarda yulduzlar qanday paydo bo’lishini aniqlash uchun uchta eng zamonaviy modullashtirish usullaridan foydalangan.

Yulduzlar qanday paydo bo’lishi jarayoni allaqachon hammaga ma’lum. Shu bilan birga, turli gallaktikalarda yulduzlar paydo bo’lishi ham har xil kechadi. Ba’zi gallaktikalar yulduzlar “ishlab chiqarish fabrikalari” bo’lsa, ba’zi gallaktilarda bu jaryon ma’lum bosqichda to’xtab qolgan.

Matbuot xizmati