9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Sana: 09.12.2021

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”  (International day against corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.

2003-yil 9-dekabr kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konvensiya imzolangan.

Bosh Assambleya rezolyutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida ham mazkur “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan xodimlar orasida targʻibot-tashfiqot ishlari olib borildi.

Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus koʻrinishi ekanligini tushunish muhimdir; u mansabdor shaxs va fuqaro(mijoz)ning oʻzaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy boʻlib, ularning atrofida ahloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga keladi.

Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, yaʼni korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi insonning oʻzida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.

Axborot xizmati