O‘zbekkosmos agentligi va Finlyandiyaning ICEYE kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sana: 06.04.2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda aerokosmik sohada Finlyandiyaning ICEYE kompaniyasi mutaxassislari oʻrtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Samimiy muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ICEYE kompaniya vakillari kompaniyaning faoliyati yuzasidan ma’lumot hamda toshqin va tabiiy ofatlar monitoringi uchun qator yechimlarni taqdim etdi.

Muloqot yakunida, tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga va hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.