Bugun Xalqaro insonning koinotga parvoz qilgan kuni munosabati bilan O‘zbekkosmos agentligi jamoasi “Sehriyo” maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdilar

Sana: 12.04.2022

Uchrashuvda O‘zbekkosmos agentligi vakillari o‘quvchilarga kosmos tarixi, bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, Agentlik faoliyati bilan tanishtirdilar.

O‘z o‘rnida, o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlarini taqdim etdilar hamda qiziqtirgan savollariga Agentlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldilar.

Axborot xizmati