Xitoy 2025-yilda asteroidning orbitasini o‘zgartirishni sinovdan o'tkazadi

Sana: 25.04.2022

Xitoy, Sayyora mudofaa tizimini yaratish rejalari doirasida kinetik zarba sinovi orqali potentsial xavfli asteroid orbitasini o'zgartirmoqchi.

“Xitoy – sayyora mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda va texnik tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek, Yerga yaqinlashgan asteroidlardan kelib chiqadigan tahdidlarga qarshi tizimlarning rivojlanishini o‘rganmoqda.” - deya xabar beradi Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) direktori o‘rinbosari Vu Yanghua Xitoyning Markaziy televideniyasiga (CCTV) bergan intervyusida.

U. Yanghua ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tizim insoniyat uchun Yer sayyorasiga yaqin obyektlarining tahdidini bartaraf etishga yordam beradi va Xitoyning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Axborot xizmati