“Yashil makon” umummilliy loyihasida O‘zbekkosmos Agentligi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda

Sana: 28.04.2022

2021-yil noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu loyiha doirasida yurtimizda bugungi kunda qator amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi jamoasi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Xususan, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Nevich sinov-tajriba bazasi” hududida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Axborot xizmati