Sana: 12.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoati vazirligining Aerokosmik qoʻmitasi oʻrtasida 1-ishchi guruh uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
“Space Technology Conference STC-2022” doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda:
• “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish, shuningdek, “KGS” va “Ghalam” milliy kompaniyasi AJ ishlab chiqarish obyektlarida loyihalar ustida ishlab tajriba almashish;
• Past orbitali sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari bozorini mintaqaviy tartibga solishda oʻzaro konsultativ uchrashuvlar oʻtkazish;
• Kosmik faoliyat natijalaridan foydalanish sohasida qonunchilik boʻyicha maslahatlar oʻtkazish;
• Xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borish boʻyicha konsultatsiya oʻtkazish;
• Qozogʻiston tomonidan “Oʻzbekkosmos” agentligining Ilmiy-texnik kengashiga Qozogʻistonning ekspertlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, suv resurslarini monitoring qilish boʻyicha Qozogʻiston tajribasini oʻrganish va tizimni Oʻzbekistonda amalga oshirish boʻyicha boshlangʻich kelishuvga kelishildi.