“Oʻzbekkosmos” 30 dan ortiq xalqaro kompaniyalar va kosmik agentliklar bilan hamkorlik qiladi

Sana: 13.05.2022

Vazirlar mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 10-11-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida dunyoning 30 dan ortiq kosmik kompaniyalar va qator davlatlarning kosmik idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Eslatib oʻtamiz, “STC-2022” xalqaro konferensiyasida 20 ta xorijiy davlatdan 110 ta kompaniya va tashkilotlarning 200 nafardan ziyod ishtirokchilari hamda 30 ga yaqin mahalliy vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.