“Azerkosmos” va “O‘zbekkosmos” agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sana: 13.05.2022

“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Ozarbayjon kosmik agentligi – “Azerkosmos” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 Tomonlar hamkorligi doirasida:

•        Kosmik texnologiyalar va kosmik monitoring bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish;

•    Mamlakatimizda kosmik faoliyat sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

•        Kosmos monitoringni joriy etish hamda tartibga solish bo‘yicha tajriba almashish;

•       GIS yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekkosmos” xodimlari malaka oshirishi hamda tajriba almashish uchun “Azerkosmos”ning GIS markaziga yuborilishi ko‘zda tutilgan.