Sana: 13.05.2022
“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Turkiya kosmos agentligi (TUA) o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Turkiya kosmik agentligi mamlakatimiz yoshlarini kosmik sohaga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ta’lim, ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Xususan, Turkiya kosmik agentligi Prezident va boshqaruv kengashi raisi Serdar Xuseyin Yildirim, Kosmik tizimlar va kosmik apparatlar boshqarmasi boshlig‘i Ali Baygeldi, Xalqaro aloqalar boshqarmasi direktori Ayxan Inchirchi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan anglashuv memorandumini imzolash taklifini ilgari surdi.
Shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida kosmik sohada hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bunda ko‘p tomonlama hamkorlikning ahamiyati va o‘rni alohida ta’kidlandi.