BAA kosmik agentligi, Pokiston kosmik komissiyasi (SUPARCO) hamda yangi tashkil etilgan Monako kosmik agentligi bilan kosmik sohada hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ilk qadamlar qo‘yildi

Sana: 13.05.2022

Mazkur kosmik agentliklar bilan “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan olib borilgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish, tajriba almashish, yoshlarning kosmik sohaga qiziqishini oshirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, BAA kosmik agentligi Bosh direktori Salim Al-Qubaysi, strategik hamkorlik bo‘yicha mutaxassis Hasan Al Shehhi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish hamda yoshlarning kosmik sohaga qiziqishini oshirishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.