Gender tenglik boʻyicha maslahat kengashi faoliyati oʻrganib chiqildi

Sana: 19.05.2022

Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi ham mazkur Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida gender tenglik boʻyicha maslahat kengashi tuzilib, samarali faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 19- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi huzuridagi 2-ishchi guruh tomonidan “O‘zbekkosmos” agentligida tashkil etilgan mazkur maslahat kengashi faoliyati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning taʼminlanishi, gender bo‘yicha statistik maʼlumotlar va axborotlarning mavjudligi, muntazam ravishda ularni yigʻish hamda tahlil qilish yoʻlga qoʻyilgani koʻrib chiqildi. Kuzatuv natijasi bo’yicha agentlik faoliyati ijobiy baholandi.

Matbuot xizmati