Sana: 27.05.2022
Joriy yilning 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Oʻzbekkosmos) va Malayziya Kosmik agentligi (MYSA) o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Onlayn tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekkosmos agentligi bosh direktori Shuxrat Kadirov va Malayziya Kosmik agentligi bosh direktori Azlikamil Napia qo‘shma loyihalar va o ‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar. Muzokaralar davomida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, kosmik faoliyatni rivojlantirish sohalarida tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Axborot xizmati