Agentlik mutaxassislari xorijiy tajribani o'rganmoqda

Sana: 31.05.2022

2022-yil 24-29 may kunlari “O‘zbekkosmos” agentligi boshqarma boshlig’i D. Abdullayev “Azerkosmos” agentligi faoliyati, uning yer usti va kosmik infratuzilmasi, innovatsion yechimlar va loyihalari bilan tanishish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida “Azerkosmos” agentligi mutaxassislari kosmik va geoaxborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Shuningdek, Ozarbayjon tomoni 2022-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan “O‘zbekkosmos” agentligi va “Azerkosmos” agentligi o’rtasida o’zaro anglashuv Memorandumida belgilangan yo’nalishlar bo’yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Kutilganidek, tashrif “Azerkosmos” agentligining kosmik faoliyatni rivojlantirish sohasida olib borayotgan tajribasini mustahkamlash bo‘yicha ijobiy natijalar berdi.

Tashrif yakuni bo’yicha “Azerkosmos” agentligi rahbariyatiga samimiy va do’stona qabul, yuksak professionallik va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.