Sana: 10.06.2022
Joriy yilning 9- iyun kuni “O‘zbekkosmos” agentligi Bosh direktori v.b. Shuhrat Kadirov Kosmos bo‘yicha davlatlararo kengashiga a’zo MDH davlatlarining 3-yig‘ilishida ishtirok etdi.
- Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi iliq munosabatlar va qo‘llab-quvvatlanayotgan aloqalarni hisobga olgan holda, kosmik sohadagi davlatlararo hamkorlik ham yangi mazmun kasb etishiga, mushtarak niyatlar ko‘zlangan natijalarga olib kelishiga umid qilaman.Yana shuni ta’kidlamoqchimanki, yaqinda “O‘zbekkosmos” agentligi qoshida Yerni masofadan zondlash va geoaxborot tizimlarini rivojlantirish sohasida qator vazifalar yuklatilgan “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” Davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan, biz ko‘p yillik tajribangizga va har bir mamlakatning kosmik faoliyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda, ochiq hamkorlikka, tashabbuslarni muhokama qilishga, tayyormiz, - deydi “O‘zbekkosmos” agentligi Bosh direktori v.b. Shuhrat Kadirov.
Yig‘ilishning raisi etib bir ovozdan Roskosmosning Bosh direktori Dmitriy Rogozin saylandi, u to‘rtinchi majlisgacha Kengashni boshqaradi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Navbatdagi yig’ilish 2023-yilning birinchi yarmida Tojikiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati