“Oʻzbekkosmos” agentligi va Ispaniyaning “GMV” kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari kelishib olindi

Sana: 15.06.2022

“Oʻzbekkosmos” agentligi vakillari Ispaniyaning  “GMV” kompaniyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kompaniyaning qishloq xoʻjaligi sohasida kosmik texnologiyalarni tatbiq etish orqali qishloq xoʻjaligi yerlarini monitoring qilish, risklarni aniqlash va boshqarish hamda ularni modellashtirish boʻyicha yechimlari bilan tanishdi.

Shu bilan birga, kompaniya tomonidan Jaxon banki, Yevropa kosmik agentligi kabi halqaro tashkilotlarga qurgʻoqchilik va tuproq tarkibi monitoringi kabi bir qator loyihalarini amalga oshirilgani taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv yakuni boʻyicha hamkorlikda Oʻzbekiston hududida qishloq xoʻjaligi sohasida kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali sinov loyihasini amalga oshirish, agentlik xodimlari koʻnikmalarini kuchaytirish maqsadida treninglar tashkil etish hamda hamkorlikda xalqaro moliya institutlariga qishloq va oʻrmon xoʻjaligida barqaror rivojlanishida kosmik texnologiyalarning roli kabi loyihalarni tayyorlash va ularni moliyalashtirish yuzasidan ishlarni amalga oshirish masalasi kelishib olindi.