Sana: 15.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Bosh direktori v.b. Shuxrat Kadirov “Geoconsult International” kompaniyasining bosh direktor Jamil Mekaviy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Geoconsult International” kompaniyasining Geoaxborot texnologiyalariga asoslangan platformasi hamda uning afzalliklari haqida taqdimot oʻtkazildi. Shuningdek, uchrashuv davomida “Geoconsult International” kompaniyasi tomonidan Madagaskarda mamlakat miqyosida amalga oshirilgan loyihada kompaniya tomonidan kosmik suratlar orqali mamlakatning 1:10000 masshtabdagi xaritasi, ortofotoplani hamda topografik xaritalari yaratilganligi taʼkidlandi.
Kompaniyaning yana bir loyihasi «Geoconsult smart pixel” – sunʼiy intellekt orqali kosmik suratlarning sifati oshirish ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi hamda bu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirilib oʻtildi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha hamkorlikda Oʻzbekistonning maʼlum kichik bir hududda sinov loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.