“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Italiyaning Planetek kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 16.06.2022

Italiyaning Planetek kompaniyasi biznes maslahatchisi Joao Pedre Fernandes bilan tashkil etilgan uchrashuvda “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari kompaniyaning “In-SAR” radar texnologiyalari asosida infratuzilma inshootlarini monitoring qilish hamda bulutli texnologiyalarga asoslangan Ritikus platformasi bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun: Planetek kompaniyasi 1994 yilda Italiyada tashkil etilgan bo‘lib, geoinformatika, kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali yechimlar ishlab chiqish bilan faoliyat olib boruvchi kompaniya hisoblanadi.

Uchrashuv so‘ngida hamkorlikda O‘zbekiston hududida suv omborlarini monitoring qilish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirish, radar texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida agentlik xodimlari va tegishli tashkilotlar mutaxassislariga treninglar tashkil etish hamda alohida loyihalar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish masalasi kelishib olindi.