“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Latviyaning Baltic Satellite Service kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama etildi

Sana: 20.06.2022

Portugaliyada bo‘lib o‘tgan “ENGAGE-2022” xalqaro konferensiya doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi hamda Latviyaning Baltic Satellite Service kompaniyasi vakillari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etishdi.
Unda “O‘zbekkosmos” vakillari kompaniyaning o‘rmon va qishloq xo‘jaligi, favqulodda vaziyatlar, energetika sohalarida kosmik suratlar va geoaxborot tizimlari orqali raqamlashtirish hamda monitoring tizimini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. 
Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikda O‘zbekiston hududida o‘rmonlarni raqamlashtirish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirish, o‘rmon yong‘inlarini oldini olish bo‘yicha yechimlarini texnik parametrlari bo‘yicha qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazish masalalari kelishib olindi.