O‘zbekistonda ilk bora NASA International Space Apps Challenge o‘tkaziladi

Sana: 31.08.2022

 “O‘zbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan NASA kosmik dasturlari bo‘yicha xalqaro tanlov ilk bor joriy yilning 1-2 oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

NASA Space Apps nima degani?

NASA International Space Apps Challenge (Space Apps) – bu butun dunyo shaharlaridagi dasturchilar, olimlar, dizaynerlar, ijodkorlar, quruvchilar, texnologlar va boshqa soha vakillari uchun xalqaro xakaton bo‘lib, u yerda jamoalar NASA (Milliy aeronavtika va fazo maʼmuriyati) ning bepul va ochiq bo‘lgan maʼlumotlarini yerdagi va kosmosdagi muammolarni hal etish yo‘lida foydalanish imkonini beradi.

“O‘zbekkosmos” agentligi matbuot xizmati