Sana: 15.09.2022
Fransiyaning Parij shahrida “Euroconsult” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Butunjahon sunʼiy yo‘ldosh texnologiyalari haftaligi (World Satellite Business Week) bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman 1997 yildan beri o‘tkazilib kelinadi va kosmos hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi eng nufuzli haftalik hisoblanadi. Hisob bo‘yicha yigirma beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan bu yilgi tadbirda 50 mamlakatdan tashrif buyurgan 450 ta tashkilot va 1200 ta ishtirokchi qatnashmoqda.
Ular orasida “O‘zbekkosmos” vakillari ham bo‘lib, haftalik davomida amaldagi va potensial hamkorlar bilan yerni masofadan zondlash, kosmik monitoring, sunʼiy yo‘ldosh aloqasi va yana bir nechta muhim masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish hamda kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati