O‘zbekiston va Xitoy kosmik monitoring sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Sana: 15.09.2022

“World satellite business week 2022” haftaligi doirasida Agentlik vakillari Xitoyning “Head Aerospace” tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda tomonlar kelgusidagi hamkorlikning samarali yo‘nalishlari, xususan, kosmik monitoring doirasida yerni masofadan zondlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, sohada yangi hisoblangan IoT  texnologiyasini O‘zbekiston hududida sinovdan o‘tkazish kabi bir nechta kelishuvlarga erishishdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati