Qishloq xo‘jaligida kosmik monitoring

Sana: 15.09.2022

“World satellite business week 2022” tadbiri O‘zbekkosmos vakillari uchun samarali uchrashuvlarga boy o‘tmoqda. Xususan, Agentlik Ilmiy-texnik va ekspert kengashi aʼzosi, AQSHning “Rock Geospatial” kompaniyasi asoschisi va Bosh ijrochi direktori bo‘lgan Djon Alrixs bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi sohasida kosmik monitoringdan keng foydalanish istiqbollari, ushbu faoliyatni rivojlantirishda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda seminar-treninglar o‘tkazish va pilot loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati