Bolgariya bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi

Sana: 16.09.2022

Hajmi kichik bo‘lgan sunʼiy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi tashkilot hisoblangan “EnduroSAT” bilan “O‘zbekkosmos” agentligi o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Unda tomonlar O‘zbekiston uchun ilmiy maqsadlarga mo‘ljallangan “CubeSat” (hajmi kichik bo‘lgan sunʼiy yo‘ldoshlar turkumiga kiruvchi qurilma) yasash va uni koinotga uchirish samarasi haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, Bolgariyalik mutaxassislar Agentlikning yaqin va uzoq muddatli loyihalari bilan tanishib chiqib, ularni amalga oshirishda har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar va O‘zbekistonda “SpaceCamp” qurish bo‘yicha tajriba almashish singari kelishuvlarga erishildi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati