O‘zbekiston va Isroil bilan kosmik texnologiyalar borasida hamkorlik qiladi

Sana: 20.09.2022

“World satellite business week 2022” tadbiri davomida O‘zbekkosmos agentligi vakillari o‘zlarining navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

Unda Isroilning “ImageSat” tashkiloti va Agentlik mutaxassislari hamkorlik borasida bir nechta samarali loyihalarni, xususan, milliy kosmik dasturni ishlab chiqish va uni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishishdi.

Maʼlumot o‘rnida, “ImageSat” tashkiloti dunyoda optik va radar sunʼiy yo‘ldoshlarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanib, bir nechta davlatlarning milliy kosmik dasturlarini ishlab chiqish va ularni infratuzilmasini tashkil etishda amaliy yordam bergan.

Shuningdek, Isroil tomoni joriy yilning Noyabr oyida o‘tkaziladigan “Geointelligence Conferences 2022” tadbirida ishtirok etish uchun O‘zbekiston tomonini taklif etdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati