“O‘zbekkosmos” agentligi sohani rivojlantirish borasida Lyuksemburg tajribasini o‘rganmoqda

Sana: 20.09.2022

Har bir sohani rivojlantirish uchun, shu yo‘lni bosib o‘tgan davlatlar tajribalarini o‘rganish talab etiladi. “O‘zbekkosmos” agentligi ham “World satellite business week 2022” haftaligi davomida, Yevropada kosmik sanoat bo‘yicha yetakchi hisoblangan Lyuksemburgning Kosmik agentligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugungi kunga kelib Lyuksemburg kuchli, dinamik va innovatsion kosmik sektorni tashkil etib, keng qamrovli kosmik siyosatni ishlab chiqqan mamlakat hisoblanadi.

Ushbu davlatning kosmik sanoati mamlakat YAIMga qo‘shgan hissasi Yevropada eng yuqori ko‘rsatgichlardan biridir.

“O‘zbekkosmos” agentligi mamlakatda sohani rivojlantirish borasida katta yutuqlarga erishgan Lyuksembur kosmik agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Lyuksemburg misolida samarali loyiha va dasturlarni O‘zbekistonda amaliyotga tadbiq etish hamda o‘zaro tajriba almashishdir.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati